BIZ KIMMIZ?

TO'LIQ SIKLDAGI
KOPIRAYTING AGENTLIGI

XIZMATLAR На Русском

XIZMATLAR

Saytlar uchun matn yozish

Bizning kuchli tarafimiz – murakkab loyihalar va yirik portallar uchun buyurtma asosida matnlar yozish. Strategik rejalashtirish va tashrif buyuruvchiga ma’lumot yetkazish bu – san’at va biz shu qobiliyatga egamiz!

BUYURTMA BERISH
SEO-optimallashtirish

Bir necha yillardan buyon matn yozish xizmatlarini ko‘rsatgan holda biz oyiga yuz minglab belgilar hajmida ishlab kelmoqdamiz va portfoliomizda 20 dan ortiq loyihalarni to‘pladik.

BUYURTMA BERISH
Brending

Biz taklif qiladigan brending xizmati kompaniya yoki mahsulotning siymosini ta’riflash va yaratishga, uni bozorda tanilishiga yordam beradi. Biz doimo yangi brend yaralish yo‘lini ravshan tasavvur qilamiz.

BUYURTMA BERISH

Press-relizlar

Bizda ularni hamkasblarini qiziqtirish uchun nimani yozish va qanday yondashishni biladigan jurnalistlar yozadi. Bu juda qisqa vaqtni oladi. Shu sababli yangiliklar dolzarbligini yo‘qotishga ham ulgurmaydi.

BUYURTMA BERISH
Kontent-menedjment va korporativ OAV

Kompaniya siymosini yaratish va kontentni yangilab borish – yangiliklar sayti, internet-do‘kon yoki har qanday boshqa maydonning rivojlanish kafolatidir. Bu jarayonni bizga ishonib topshiring, chunki biz uchun bu odatiy vazifa.

BUYURTMA BERISH
Murakkab PR-kontent

Savollarni to‘g‘ri qo‘yamiz va natijada siz mahalliy va hatto xorijiy OAV tomonidan tahrir qilinmasdan joylashtiriladigan yuqori sifatli matnni olasiz.
Biz turli xil formatlarga e’tibor qaratamiz va bizning matnlar istalgan gazeta, jurnal yoki internet saytiga to‘liq mos keladi.

BUYURTMA BERISH
Rerayt

Bizning kopirayterlarimiz hamisha har bir mavzuni ochib berishga diqqat bilan yondashadilar. Biz kontentning o‘ziga xosligi va savodxonlik darajasini tasodifiy o‘xshashliklar va xatolardan xoli bo‘lmaguniga qadar puxta qayta ishlaymiz.

BUYURTMA BERISH
Ijtimoiy tarmoqlar uchun postlar

Odamlar ijtimoiy tarmoqlarga ko‘nglini yozish uchun kirishadi va “sotadigan” matnning ta’siriga tushib qolishni istashmaydi. Post muallifi noodatiy muammoni hal qiladi: turli xil metodlar bilan o‘quvchini kerakli harakatlarni bajarishga undaydi.

BUYURTMA BERISH
Ssenariylar yaratish

Videorolik uchun ssenariy eng muhim narsa desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Rolik jiddiy, kulguli, ta’sirli, lo‘nda, jo‘shqin bo‘lishini aynan u belgilaydi. Shuning uchun ssenariyga jiddiy yondashish lozim va biz aynan shunday yo‘l tutamiz.

BUYURTMA BERISH

BIZGA ISHONISHADI

AGENTLIK RAHBARI

Visola Qarshiboyeva

MANZIL

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Darxon ko‘chasi, 1-berk ko‘cha, 10-A uy

TELEFON
+99894 000 83 33
+99890 799 79 79
EMAIL
info@satr.uz